Fan-texnika | 22:35 / 06.12.2023
48345
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida Xitoy elektromobilini yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi mumkin 

Loyihaga 2024 yili start berilishi kutilmoqda. 

Foto: Geely

Toshkent viloyatida Xitoyning Geely kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, Xitoyning Shandun provinsiyasida bo‘lib o‘tayotgan ikkitomonlama muzokaralarda bu haqida dastlabki kelishuvga erishilgan. 

Dastlabki bosqichda yig‘uv sexi quriladi, ikkinchi bosqichda esa ishlab chiqarish joriy etiladi. 

Loyihaga 2024 yili start berilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid