Jamiyat | 09:13 / 24.12.2023
17989
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda uskunaga tushib ketgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi

Foto: Jizzax viloyat FVB axborot xizmati

Jizzax viloyatida uskunaga tushib ketgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Jizzax shahar Shodlik mahallasida  fuqaro shlakli blok ishlab chiqaruvchi uskunaga qisilib qolgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor boshqaruv markaziga xabar kelib tushgan. 

Zudlik bilan boshqarma YoQO qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni xavfsiz joyga olib chiqishgan va birinchi yordam ko‘rsatishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida uskunaga tushib ketgan. Ayni vaqtda uning ahvoli yaxshi.

Mavzuga oid