O‘zbekiston | 07:04 / 19.01.2024
4413
1 daqiqa o‘qiladi

Tsement zavodlaridan chiqayotgan changni kamaytirish uchun qurilmalar o‘rnatildi 

Bu qurilmalar changning umumiy miqdorini 75 foizdan 99 foizgacha tozalash samaradorligiga ega.

Foto: Kun.uz

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “Respublika qurilish materiallari sanoatining 2023 yil tahlili va sohadagi o‘zgarishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Tadbirda atrof tabiiy muhitga ta’sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan xo‘jalik sub’yektlarining atrof-muhitga bo‘lgan ta’siri monitoringini kuchaytirish, mazkur soha takomillashtirilishi va raqamlashtirilishi bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilingani va bugungi kunda ularning ijrosi ta’minlayotgani haqida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lum qilinishicha, belgilangan “Tarmoq jadvali” asosida ishlab chiqaruvchi korxonalarning 10 tasida avtomatik stansiya o‘rnatilgan. 

Tsement zavodlaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan changlarni kamaytirish va sanitariya me’yorida bo‘lishini ta’minlashda siklonli filtr, elektrofiltr va boshqa turdagi texnologik chang-gazlar tozalovchi qurilmalar qo‘llanadi. 

Bu qurilmalar changning umumiy miqdorini 75 foizdan 99 foizgacha tozalash samaradorligiga ega.

Mavzuga oid