Xarkiv va Kiyevga raketa zarbasi oqibatlari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 699-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini Ukraina bo‘ylab yopirilma raketa zarbalari yo‘lladi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urushning 699-kuni yakunlari bo‘yicha kechki murojaatida zarbalar oqibatida 18 kishi halok bo‘lib, yana 130 kishi yaralangani haqida aytdi.
- NATO Yevropada sovuq urush davridan buyon eng yirik mashg‘ulotlarini boshlamoqda. Mashg‘ulotda alyansdagi mamlakatlardan biriga «deyarli teng kuchli raqib» hujum qilgan holatda harakatlanish bo‘yicha taktikalar ishlab chiqiladi.
- Mstislav Chernovning «Mariupolda 20» filmi eng yaxshi hujjatli film nominatsiyasida «Oskar»ga nomzod bo‘ldi.
- Vengriya TIV rahbari Peter Siyyarto ukrainalik hamkasbi Dmitro Kuleba bilan uchrashuvdan oldin tahdidli maktub olgan.
- Ukrainada Moskvaning TsSKA klubi prezidenti Yevgeniy Ginerga tegishli bo‘lgan PINbank banki davlat nazoratiga o‘tkazildi.
- RF hukumati da’vogar harbiy xizmatni o‘tagan yoki urushda nogiron bo‘lib qaytgan holatlarda unga ish berishni rad etishni taqiqlashni rejalashtirmoqda.
- AQSh razvedkasi «Men nima uchun MRB bilan bog‘landim: Vatan uchun» nomli rolik chiqarib, rossiyaliklarni hamkorlikka chaqirdi.
Xarkiv va Kiyev raketa hujumidan keyin
Rossiya qo‘shini 23 yanvar tongida Ukrainaning Kiyev, Xarkiv va Dnipropetrovsk oblastlari bo‘ylab yoppasiga raketa hujumi uyushtirdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy zarbalar oqibatida jami 18 kishi halok bo‘lib, yana 130 kishi yaralanganini ma’lum qilgan. 200 dan ortiq obektlar zararlangan, jumladan 139 ta turar joy.
Kiyevning Svyatoshinskiy rayonida avtomobillar, noturar binolar va ko‘p qavatli uylardan biridagi kvartira yonib ketgan. Solomenskiy rayonida turar joy shikastlangan, Darnitskiy rayonida urib tushirilgan raketa parchalari ko‘p qavatli turar joy topiga hamda bolalar bog‘chasi hududiga tushgan. Kiyevda jami 22 kishi jabrlangan, ulardan to‘rt nafari bolalar. Oblastda raketalar parchalari qulashi oqibatida to‘rt kishi jarohat olgan.
Xarkivda bir necha raketa Kiyev va Saltivka rayonlariga kelgan. Hujum oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lib, yana 62 kishi jabrlangan. Raketalar ko‘p kvartirali turar joyni, xususiy uyni, o‘quv muassasasi binosi hamda boshqa fuqarolik infratuzilmalarini shikastlagan. Uylardan birining pod’yezdi to‘liq vayron bo‘lgan. Kiyev rayoni qisman tok va suvsiz qolgan. Xarkiv chekkasida raketalardan biri gaz quvuriga urilgan, u yonib ketgan.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ukrain shaharlari yoppasiga o‘qqa tutilishini «rossiyaliklar terrori» deb atagan. Rossiyaning TASS axborot agentligi
tasdiqlashicha, 23 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini «Xarkivda yollanma jangchilarning joylashuvi bo‘ylab aniq zarbalar yo‘llagan». RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya qo‘shini ijtimoiy obektlar, aholi yashash kvartallari va tinch aholiga hujum qilmasligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
09:31
GUR: Dronlar Ukraina chegarasidan 2000 km uzoqlikdagi nishonlarga hujum qila oladi
08:56
AQSh Ukrainaga 1,25 mlrd dollarlik yordam paketini tayyorlamoqda
19:14 / 27.12.2024
Ukraina Kursk oblastida ilk marta KXDR askarini asirga oldi - OAV
15:31 / 27.12.2024