Buyuk Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalingani aniqlandi
Monarx davolanishni boshlab yuborgan va jamoatchilik vakillari bilan bo‘ladigan barcha uchrashuvlarni bekor qilgan.
Bakinghem saroyi xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalingani aniqlandi. Bu haqda Sky News yozdi.
Qayd qilinishicha, 75 yoshli monarx 5 fevral kuni davolanishni boshlagan.
Avvalroq, Charlz III prostata bezi bilan bog‘liq tibbiy muolajadan o‘tgan edi. Xabarga ko‘ra, aynan shu vaqtda unda saraton kasalligi borligi aniqlangan va bu prostata bilan bog‘liq emas.
Qirol saraton kasalligidan davolanishni 5 fevralda boshlagan. Ta’kidlanishicha, u shifoxonaga yotqizilmaydi, balki ambulator sharoitda davolanadi. Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, davolanish vaqtida jamoatchilik vakillari bilan bo‘ladigan barcha uchrashuvlarni bekor qiladi. Biroq, hukumat hujjatlari bilan ishlashda davom etadi.
Charlz III shifokorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘ygani uchun minnatdorchilik bildirdi va optimist ekanini, imkon qadar tezroq tuzalib, xizmatga qaytishga umid qilishini aytdi.
Mavzuga oid
03:11
Britaniya dronlarga qarshi yangi turdagi radiochastotali qurolni sinovdan o‘tkazdi
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
21:42 / 19.12.2024
Britaniya Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Ukrainaga o‘z instruktorlarini yuboradi
21:56 / 11.12.2024