O‘zbekiston | 20:29 / 15.02.2024
6897
1 daqiqa o‘qiladi
6 ta viloyatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
Yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi mumkin.
«O‘zgidromet» agentligi 16-22 fevral kunlari O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu kunlarda kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor.
16-22 fevral kunlari qor ko‘chish xavfi mavjud bo‘lgan tog‘li hududlar:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.