O‘zbekiston | 15:56 / 17.02.2024
8956
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxona postida O‘zbekistonga to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ikkita holatda pnevmatik to‘pponchalar va ularning 1,5 ming donadan oshiq o‘qini olib kirishga urinishgan.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Qoraqalpog‘istondagi “Dovud-ota” chegara bojxona postiga Rossiyadan Lada Largus mashinasida kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari va bagaji bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, fuqaro pnevmatik to‘pponchani olib kelayotgani aniqlangan. Bu haqda respublika bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.

Bojxona nazorati davomida fuqaroga tegishli sumka ichidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan 4.5 millimetrli Stalker pnevmatik to‘pponcha, 25 dona gazballoni (pnevmatik to‘pponcha uchun) hamda 1 482 dona pnevmatik to‘pponcha o‘qi borligi aniqlangan.

Boshqa bir holatda “Dovud-ota” chegara bojxona postiga Lacetti mashinasida kirib kelgan fuqaro nazoratdan o‘tkazilganida “Ansar BRT 9 mm” shovqinli to‘pponcha hamda 36 dona “9 mmli R.A.K” nomli rezina uchli patronni O‘zbekistonga olib o‘tayotgani aniqlangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga pnevmatik qurollarni olib kirish IIV tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Ruxsatnomaga ega bo‘lmagan har qanday qurolni bojxona chegaralari orqali olib o‘tishga urinish javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

Mavzuga oid