Britaniya O‘zbekiston bilan metallni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilmoqchi
Britaniyaning Sackers kompaniyasi O‘zbekiston bilan metallni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilmoqchi.
“Dunyo” xabariga ko‘ra, O‘zbekiston elchixonasida Britaniyaning Sackers metallni qayta ishlash kompaniyasi direktori Devid Dodds bilan muzokaralar o‘tkazildi. Suhbat davomida rangli va noyob metallarni qayta ishlash bo‘yicha korxona tashkil etishda xorijiy kompaniyani mamlakatga investor sifatida jalb qilish hamda ushbu tovarlarni Britaniya bozoriga eksport qilish masalasi muhokama qilindi.
Britaniya tomoni O‘zbekiston bilan metallarni qayta ishlash bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirish va shu o‘rinda ularni eksport qilish bo‘yicha maqsadli muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuv yakunida mazkur masalani tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, Sackers kompaniyasi 1929 yilda tashkil topgan bo‘lib, yiliga 35 million funtga teng bo‘lgan metallarni qayta ishlaydi. Tashkilot qora va rangli metallar, shu jumladan, alyuminiy, mis, qo‘rg‘oshin, zanglamaydigan po‘lat, elektronika, kabellar, simlar importi va qayta ishlashiga ixtisoslashgan.
Mavzuga oid
15:34 / 18.12.2024
Britaniyaning nufuzli universitetlaridan biri O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtiryapti
11:35 / 09.12.2024
Britaniya Yangi Toshkentda barpo etiladigan obektlarni loyihalashda ishtirok etmoqchi
12:00 / 02.12.2024
Britaniya O‘zbekiston metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
11:14 / 02.12.2024