Telegram platformasi kanal egalariga reklama uchun pul to‘lashni boshlaydi
Ammo bir shart bor: daromadni faqat Toncoin kriptovalutasida olish mumkin.
Pavel Durov mart oyidan boshlab Telegram kanallari egalari o‘z blogidagi reklama uchun royaltining bir qismini olishi mumkinligini e’lon qildi.
Xususan, gap yuzdan ortiq mamlakatlarda ishga tushiriladigan Telegram Ad Platform reklama monetizatsiya platformasi haqida bormoqda. Bu mamlakatlarda mualliflar Telegram o‘z kanallaridagi reklama bannerlaridan oladigan foydaning 50 foiziga ega bo‘ladi.
Ammo bir shart bor: daromadni faqat Toncoin kriptovalutasida olish mumkin. Durovning qayd etishicha, bu mualliflarga daromad bilan nima qilishni mustaqil hal qilishda yordam beradi: uni chiqarib olish yoki kanal rivojiga sarmoya sifatida sarflash.
Telegram platformasida reklama 2021 yilda paydo bo‘lgan. U faqat 1000 yoki undan ortiq obunachi bo‘lgan kanallarda ko‘rsatiladi, shaxsiy suhbatlar va guruhlarda ko‘rsatilmaydi. Foydalanuvchilar uni Premium obunasi bilan o‘chirib qo‘yishi mumkin, biroq kanal egalari reklama ustidan nazoratga ega emas: ular reklama blokini o‘chira olmaydi yoki uning mazmuniga ta’sir qila olmaydi.
Mavzuga oid
18:26 / 23.12.2024
Telegram 2024 yilda 1 milliard dollar daromad qildi
20:54 / 12.12.2024
Telegram 2024 yilda 15 milliondan ziyod kanal va guruhlarni blokladi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
20:04 / 26.11.2024