Jahon | 22:22 / 29.02.2024
10020
2 daqiqa o‘qiladi

Astronomlar Quyosh tizimidagi to‘qqizinchi sayyorani kashf etishga yaqin 

Koyper kamaridagi koinot jismlarning g‘alati qiyshiq orbitalari bunday sayyora mavjudligi haqidagi taxminlarni keltirib chiqargan. 

Foto: pxhere.com

Amerikalik astronomlar Quyosh tizimidagi «X sayyora» nomi bilan atalgan to‘qqizinchi sayyorani kashf etishga yaqin turibdi. Bu haqda LiveScience ma’lumotlariga tayanib, AiF xabar berdi. 

Olimlar sayyora mavjudligi haqidagi taxminlarini Koyper kamaridagi jismlarning g‘alati qiyshiq orbitalari bilan bog‘lashmoqda, buni Yerdan yetti barobar katta bo‘lgan sayyoraning tortishish kuchi bilan izohlash mumkin. 

Shu munosabat bilan, Quyoshdan taxminan 500-600 astronomik birlik uzoqlikda joylashgan X sayyorasi Quyosh tizimida beshinchi yirik sayyora bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Astronomlar Havayidagi Pan-STARRS observatoriyasida sayyora joylashgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududning 78 foizini o‘rganib chiqqan. Qolgan qismini ushbu observatoriyada o‘rganishning texnik imkoniyati yo‘q. Qayd etilishicha, sirli sayyora bir necha yil ichida kashf etilishi mumkin. 

Bugungi kunda Quyosh tizimi sakkizta sayyorani o‘z ichiga oladi - Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun. 1930 yilda kashf etilgan to‘qqizinchi sayyora hisoblangan Pluton 2006 yilda bu maqomini yo‘qotdi. Bu kosmik jism mitti sayyora sifatida tan olindi va Koyper kamarining eng katta obekti hisoblanadi.

Mavzuga oid