Jahon | 22:59 / 29.02.2024
8029
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp aqliy qobiliyat testidan o‘tdi va Baydenni ham shunga chaqirdi

Sobiq prezident ikkita testda yuqori baho olganini ta’kidladi. 

Foto: Getty Images

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp aqliy qobiliyat darajasini aniqlovchi ikkita testdan o‘tdi. Shundan so‘ng, amaldagi prezident Jo Baydenni ham shunday test topshirishga chaqirdi. 

«Firibgar Jo Bayden aqliy qobiliyat testini topshirishi kerak. Balki shu yo‘l bilan uning nima uchun bunday noto‘g‘ri qarorlar qabul qilganini bilib olarmiz. Men ikkita testdan o‘tdim va ikkalasi ham xatolarsiz! Barcha prezidentlar va o‘zini prezidentlik lavozimiga da’vo qilayotganlarning barchasi bunday testdan bemalol o‘tishi kerak!», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda. 

81 yoshli Bayden har yili Uolter Rid tibbiyot markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Uning shifokori tekshiruvlardan so‘ng Baydenning «vazifasiga yaroqli» ekani va o‘tgan yil davomida uning sog‘lig‘ida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmagani haqida yozgan. 

Shifokorlar Baydenni insult, skleroz yoki Parkinson kasalligi belgilarini ko‘rsatmagan nevrologik tekshiruv o‘tkazgan bo‘lsalar-da, Oq uy uning aqliy qobiliyatini aniqlovchi test topshirmaganini, chunki shifokorlar buni zarur deb hisoblamaganini aytadi. 

«U har kuni aqliy qobiliyat testidan o‘tadi, bir mavzudan ikkinchisiga o‘tishda ularning tafsilotlari darajasini tushunadi», dedi Oy uy matbuot kotibi Karin Jan-Piyer.

Mavzuga oid