O‘zbekistonda qotilliklarning deyarli 40 foizi oilaviy nizolar sabab sodir etilgan
O‘zbekistonda 2023 yilda 363 ta qotillik sodir etilgan. Ularning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan.
O‘zbekistonda 2023 yil 12 oyida sodir etilgan 363 ta qotillikning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan. Bu haqda Senatdagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida ma’lum qilindi.
Bunga sabab sifatida oilalardagi notinchlik, nizolarning o‘z vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatchilikning e’tiboridan chetda qolgani ko‘rsatilgan.
2024 yil 17 yanvar kuni Samarqand viloyatida yashovchi, 2014 yildan buyon ruhiy kasalliklar kasalxonasida ro‘yxatda turuvchi, ruhiy kasal, 49 yoshli fuqaro uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan, 2019 yildan buyon ruhiy kasalliklar kasalxonasida ro‘yxatda turuvchi 26 yoshli o‘g‘lini boshiga bolta bilan urib o‘ldirgan.
Yoshlarning muammolarini bartaraf etishga lozim darajada e’tibor qaratilmagani oqibatida 2023 yilda yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar 2022 yilga nisbatan 5,3 foizga ortgan (3599).
Bundan tashqari, 12 mingga yaqin ishsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilgani, joylarda aholini ish bilan ta’minlash masalalari samarali hal etilmayotganini ko‘rsatgan.
Avvalroq O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar eng ko‘p jinoyat sodir etgan hudud ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
16:51 / 16.12.2024
Konibodomda yana to‘rt kishining jasadi topildi
20:01 / 13.12.2024