O‘zbekiston | 07:14 / 02.03.2024
4069
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda elektrdan noqonuniy foydalangan dalahovlilar aniqlandi

Ikki fuqaro dala hovlilarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 529 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Foto: Prokuratura departamenti

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan dala hovlilar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro X.X. (muqaddam sudlangan) va fuqaro A.B. “Chimgan” hamda “Novobod” MFY hududidagi dala hovlilarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 529 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid