O‘zbekiston | 19:58 / 04.03.2024
14945
1 daqiqa o‘qiladi

Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan Abdurasul Abduxalilov shu lavozimda ish boshlaydi.

Foto: Savdo-sanoat palatasi

Abdurasul Abdurashidovich Abduxalilov Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1984 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan, oliy ma’lumotli. Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Faoliyati davomida ichki ishlar idoralarida, xususiy tadbirkorlik sub’yektlarida ishlagan.

2018 yildan hozirga qadar Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi xususiy korxonada rahbar lavozimida ishlagan.

Abdurasul Abduxalilov, shuningdek, 2023 yilda «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid