O‘zbekiston | 14:57 / 06.03.2024
6591
2 daqiqa o‘qiladi

Majburiy sug‘urtaning yangi turlarini joriy etish rejalashtirilmoqda

2025 yilga qadar “takaful” (islomiy sug‘urta) tamoyillari va mahsulotlari ishlab chiqiladi.

Foto: Shutterstock

Prezident tomonidan “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

2024 yil 1 sentabrdan:

  • sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;
  • sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
  • Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urtalovchilar reytingini yuritadi va OAVda e’lon qilib boradi.

Sug‘urtalovchilarning tabaqalashtirilgan ustav kapitali miqdorlari tasdiqlanmoqda.

Hujjat bilan:

  • sug‘urta qildiruvchilarni (jabrlanuvchilarni) majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar bo‘yicha davlat bojini to‘lashdan ozod etish bo‘yicha qonun loyihasini kiritish; 
  • bakalavriatda “sug‘urta ishi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddatini 4 yildan 3 yilgacha qisqartirish taklifini kiritish;
  • 2025 yil 1 yanvarga qadar bosqichma-bosqich quyidagilarni joriy etish: 
  • yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkini tabiiy va texnogen ofatlardan majburiy sug‘urta qilish tizimini;
  • takaful tamoyillarini va mahsulotlarini joriy etish;
  • yuklatilgan sug‘urta turlarini kengaytirish.

Mavzuga oid