O‘zbekiston | 15:12 / 08.03.2024
6179
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Turkmanobod shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi yakunlandi.

Foto: Dunyo

"Dunyo" xabariga ko‘ra, 21-27 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

Muloqot do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi. Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.

Demarkatsiya bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma komissiyasining avvalgi yig‘ilishi 5-11 yanvar kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Mavzuga oid