O‘zbekiston | 12:04 / 09.03.2024
10974
1 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy shaxslarning qarz yuki ko‘rsatkichi oshirilmoqda

Markaziy bank boshqaruvining “Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Mikroqarz shartnomasiga asosan uni so‘ndirish muddati 36 oydan oshgan taqdirda, qarz yuki bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori hisob-kitobida mikroqarz bo‘yicha barcha to‘lovlar 36 oyga teng miqdorda taqsimlanadi, bundan ipoteka kreditlari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan resurslar hisobidan ajratilgan ta’lim kreditlari mustasno.

Ipoteka krediti shartnomasiga asosan uni so‘ndirish muddati 180 oydan oshgan taqdirda, qarz yuki bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori hisob-kitobida kredit bo‘yicha barcha to‘lovlar 180 oyga teng miqdorda taqsimlanadi, bundan davlat dasturlari doirasida ajratilgan ipoteka kreditlari mustasno.

2024 yil 1 iyulga qadar qarz beruvchi tomonidan mikroqarzlar ajratishda jismoniy shaxsning qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerak.

2024 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvarga qadar ushbu ko‘rsatkich 60 foizdan, 2025 yil 1 yanvardan boshlab — 50 foizdan oshmasligi kerak.

Mavzuga oid