O‘zbekiston | 11:09 / 14.03.2024
8806
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasi yetkazib berishda yana cheklovlar kiritildi

Kuchli yomg‘ir va qattiq shamol tufayli tarmoqlarda sodir bo‘lgan avariyalar oqibatida elektr energiyasi yetkazib berishda yana 150 MVtgacha cheklovlar kiritildi.

Foto: Kun.uz

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, 12 mart kuni elektr stansiyalar orqali 234,5 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 2 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 50,8 mln kubometr tabiiy gaz, 19,2 ming tonna ko‘mir hamda 1,6 ming tonna mazut yoqildi.

Turkmaniston Respublikasidan 16,2 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi. 

Respublika iste’molchilariga 218,9 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 6 foiz ko‘p elektr energiyasi, 148,8 mln kubometr, rejadagiga nisbatan 11 foiz ko‘p tabiiy gaz yetkazib berildi.

1 ming 346 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi orqali jami 14 million 303 ming kubometr tabiiy gaz sotildi. Shuningdek, avtomobillarga gaz quyish stansiyalari tomonidan iste’molchilarga 700 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Mavzuga oid