Gananing O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gana elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Tehron shahrida) Erik Ovusu Boatengni qabul qildi.
"Gananing O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Erik Ovusu Boateng janoblari bilan uchrashishdan va uning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Uning qayd etishicha, O‘zbekiston Gananing mamlakatni xalqaro institutlar doirasida doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotganini yuksak qadrlaydi. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi va aloqalarga yangi dinamika baxsh etish zarurligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Gana o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1993 yil 28 oktyabrda o‘rnatilgan. Erik Ovusu Boateng Gananing O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan birinchi elchisi bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:37 / 20.12.2024
O‘zbekiston elchisi prezident Sadir Japarovga ishonch yorliqlarini topshirdi
09:34 / 20.12.2024
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
15:10 / 02.11.2024
O‘zbekistonning yangi elchisi Pokiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
12:30 / 02.11.2024