O‘zbekiston | 08:11 / 15.03.2024
7431
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonning olti viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
2024 yil 15-20 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chishi ehtimoli bor.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish talab etiladi.
Mavzuga oid
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
13:35 / 26.08.2024
Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan uch kishi qutqarildi
10:06 / 20.08.2024
Samarqanddagi tog‘da adashib qolgan fuqaro qutqarildi
12:04 / 13.08.2024