Hindistonda dunyodagi eng yirik elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
Stansiya Parijdan besh baravar katta bo‘ladi. U butun Shveytsariyani ta’minlash uchun yetarli energiya ishlab chiqaradi.
Hindiston g‘arbida dunyodagi eng yirik elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Loyiha Gujarat shtatida amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi CNN.
Stansiya Parijdan besh baravar katta bo‘ladi. U butun Shveytsariyani ta’minlash uchun yetarli energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyihaning qiymati taxminan 20 milliard dollarni tashkil qiladi. Qurilish ishlari besh yil ichida yakunlanishi rejalashtirilgan. Qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan ishlaydigan elektr stansiyasi Hindistonning 16 million xonadonini toza energiya bilan ta’minlaydi.
Qurilish ishlari Adani Green Energy Limited (AGEL) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Uning egasi Sagar Adani Osiyoning eng boy ikkinchi odami Gautama Adani (boyligi 100 mlrd dollar) ukasi hisoblanadi.
Qayd qilinishicha, stansiya Hindistonning ifloslanish darajasini pasaytirish va iqlim bo‘yicha maqsadlariga erishish, shu bilan birga dunyodagi eng zich joylashgan mamlakat va eng tez rivojlanayotgan yirik iqtisodiyotning ortib borayotgan energiya ehtiyojlarini qondirish uchun juda muhimdir. Hindistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 70 foizi hali ham ko‘mir hissasiga to‘g‘ri keladi.
AGEL ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston va Pokistonni ajratib turuvchi dunyoning eng xavfli chegaralaridan atigi 12 mil uzoqlikda joylashgan park 200 kvadrat mildan ortiq maydonni egallaydi va energiya manbalaridan qat’i nazar, sayyoradagi eng yirik elektr stansiya bo‘ladi.
Parijda joylashgan Xalqaro Energetika Agentligi (XEA) ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston dunyoda energiya iste’moli bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi, garchi uning aholi jon boshiga energiya iste’moli va emissiyasi global o‘rtacha ko‘rsatkichning yarmidan kam bo‘lsa-da.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
21:54 / 23.12.2024
Mo‘g‘uliston havo ifloslanishini kamaytirish uchun «ko‘k ko‘mir» ishlab chiqaradi
16:12 / 20.12.2024