O‘zbekiston | 15:10 / 01.04.2024
68077
1 daqiqa o‘qiladi

Solixon domla Ortiqxo‘jayev 15 sutkaga qamaldi

Solixon Ortiqxo‘jayev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon domla Ortiqxo‘jayev 15 sutkaga qamaldi. 

Toshkent shahar sudining Kun.uz'ga ma’lumot berishicha, Solixon Ortiqxo‘jayev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. 

2022 yil boshida Toshkent viloyati Zangiota tumani «Fath» jome masjidida imom noibi vazifasida ishlab kelgan Solixon Ortiqxo‘jayev ishdan bo‘shatilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan ushbu imom noibining internet tarmoqlaridagi keskin chiqishlari fuqarolar, ayniqsa, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilarning e’tirozlariga sabab bo‘lgani qayd etilgan.

Mavzuga oid