ZAES rahbariyati stansiya uzra yangi dron urib tushirilganini e’lon qildi
Rossiya tomonidan tayinlangan «Zaporijjya AES vakolatxonasi» ma’lumotlariga ko‘ra, urib tushirilgan dron parchalari, AEXA tasdiqlaganidek, bir kun oldin dron kelib urilgan oltinchi energiya blokining gumbaziga tushgan.
8 aprel, dushanba kuni Rossiya tomonidan tayinlangan «stansiya ma’muriyati» vakillarining ma’lum qilishicha, Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) oltinchi energetika bloki tomiga dron parchalari tushib ketgan. Avvalgidek, ular hujumda Ukraina Qurolli kuchlari (UQK)ni aybladi.
«UQK tomonidan Zaporijjya AESni o‘qqa tutishga urinishlar davom etmoqda. Bugun stansiya ustida kamikadze-dron urib tushirildi. U 6-energoblok tomiga quladi», - deya «Interfaks» agentligi ZAES «rahbariyati» xabaridan iqtibos keltiradi. Qayd etilishicha, atom elektr stansiyasida «xavfsizlik chegaralarini buzish» tahdidi qayd etilmagan.
Xabar e’lon qilingan paytda AEXA ZAESdagi yangi hodisaga hali izoh bermagan edi. Rossiya harbiylari 2022 yil mart oyi boshida Zaporijjya atom elektr stansiyasini egallab oldi. Ushbu strategik obekt bir necha bor o‘qqa tutilgan.
AEXA ZAES hududida dron portlaganini tasdiqladi
Zaporijjya atom elektr stansiyasi hududida dron portlashi 2022 yil noyabr oyidan beri birinchi marta stansiyaning asosiy yadro reaktori himoya qobig‘iga zarar yetkazdi. Bu haqda kuni kecha Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, reaktor himoya qobig‘iga kamida 3 ta zarba bo‘lgan. Grossi, shuningdek, hodisa Zaporijjya AESda «yadro xavfsizligiga tahdidlarning jiddiy kuchayishi» ekanligini ta’kidladi. «Bunday ehtiyotsiz hujumlar yirik yadroviy avariya xavfini sezilarli darajada oshiradi va zudlik bilan to‘xtatilishi kerak», — dedi u.
Zaporijjya AES hududida uchuvchisiz uchoq portlagandan so‘ng, stansiya rahbariyati UQKni 6-energoblok gumbaziga hujum qilganlikda aybladi. Unga ko‘ra, «hech qanday jiddiy zarar yoki qurbonlar yo‘q», biroq bir nechta dronlar bo‘lgani taxmin qilinmoqda: bitta apparat oshxona yaqinida qulab, oziq-ovqat olib ketayotgan yuk mashinasiga zarar yetkazgan, yana bir UUA yuk porti yaqinida qulagan. Zaporijjya AES «boshqaruvi» ma’lumotlariga ko‘ra, hujumdan 20 daqiqa oldin AEXA mutaxassislari stansiya hududiga rejalashtirilgan ekskursiyani amalga oshirgan.
Bunga javoban Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi («GUR») vakili Andrey Yusov hodisada Rossiya qo‘shinlarini ayblab, dron zarbasini «imitatsion» deb atadi.
Vazir Galushchenko: «Yadroviy hodisa» haqiqatdir
6 aprel kuni DW nashriga bergan intervyusida Galushchenko Rossiya tomonidan egallab olingan ZAESda Ukraina energetika infratuzilmasiga qilingan hujumlar tufayli favqulodda vaziyat yuzaga kelishi xavfi haqida ogohlantirdi. «Yana qancha blekautlarni (yadroviy hodisadan oldin) kutishimiz kerak? To‘qqiztami? O‘ntami? O‘n beshmi? Yigirmatami? Bu avariya sodir bo‘lishi - faqat vaqt masalasi», - deydi u.
AEXA ZAESda yadroviy falokat xavfi haqida ogohlantirgan
2022 yil avgust oyi boshida AEXA rahbari Grossi Zaporijjya AES hududi o‘qqa tutilishi munosabati bilan yadroviy falokatning «juda real xavfi» borligini aytdi. «Men Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasiga qilingan hujumdan juda xavotirdaman. U Ukraina va undan tashqarida aholi salomatligi va atrof-muhitga tahdid solishi mumkin bo‘lgan yadroviy falokatning haqiqiy xavfini ko‘rsatadi», dedi u.
Mavzuga oid
12:55 / 21.12.2024
Tatariston bo‘ylab dronlar hujumi kuzatildi
15:33 / 18.12.2024
AQShdagi sirli dronlar: ular haqida nimalar ma’lum?
16:14 / 14.12.2024
OAV: Germaniya uzra RF harbiy dronlari uchib o‘tgan bo‘lishi mumkin
15:12 / 13.12.2024