Chirchiqda sintetik giyohvandlik vositalarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Gumonlanuvchi shahar hududida bir nechta joylarga polietilen paketlarga qadoqlangan giyohvand moddalarni yashirib ketayotgani aniqlanib, qo‘lga olingan.
Joriy yilning 7 aprel kuni Chirchiq shahri hududidan o‘tgan kanal yoqasida o‘zini shubhali tutgan shaxs tungi xizmatga jalb qilingan shahar IIB Patrul-post xizmati xodimlari e’tiborini tortgan.
1996 yilda tug‘ilgan fuqaro G‘.M. xodimlar tomonidan to‘xtatib tekshirilganida, uning yonidan 21 dona sariq polietilen paketlarda qadoqlangan giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.
O‘tkazilgan surishtiruv davomida u, shaharning Chinara hududiga 1 dona, hudud yaqindagi anhor bo‘yiga 3 dona xuddi shunday sariq polietilen paketga qadoqlangan sintetik moddalarni yashirganligi va keyinroq ularni ijtimoiy tarmoqda (lokatsiya) orqali sotmoqchi bo‘lgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:49 / 16.12.2024
6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
09:30 / 07.12.2024
Chirchiq daryosidagi orolchada qolib ketgan fuqaro qutqarildi
20:16 / 06.12.2024
Qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib kelganlar tabiatga 65 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
16:04 / 29.11.2024