O‘zbekiston | 10:16 / 15.04.2024
10103
1 daqiqa o‘qiladi

Jyengisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi

Vazirning madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi.

Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi

Jyengisbek Piyazov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirning madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi va ushbu lavozimga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Jyengisbek Piyazov tayinlandi.

Jyengisbek Piyazov 2022 yil yanvarida maktabgacha ta’lim vazirining madaniyat va san’atni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik asosida maslahatchi etib tayinlangandi. Ushbu lavozim ham o‘sha paytda jamoatchilik asosida tashkil etilgandi.

O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2024 yil fevralidan buyon Qo‘ng‘irotboy Sharipov rahbarlik qilib kelmoqda.

Mavzuga oid