Jizzaxdagi Chakan qishlog‘iga tog‘dan ayiq tushib keldi
Ayiq qishloq aholisi, xonadonlar va chorva mollariga zarar yetkazmagan. Hozirda uni o‘z yashash arealiga betalafot o‘tkazib yuborish choralari ko‘rilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida aholi yashash xonadonlariga ayiq tushib kelgani haqida xabar tarqaldi. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘rganish davomida haqiqatan ham 17 aprel kuni tunda Yangiobod tumanining Do‘stlik mahallasi Chakan qishlog‘i hududiga ayiq tushib kelgani va tong vaqtida Yangiobod tumani o‘rmon xo‘jaligi hududiga o‘tib ketgani aniqlangan. U mahalla aholisi, xonadonlar va chorva mollariga zarar yetkazmagan.
Hozirda tuman Ekologiya inspeksiyasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan ayiqni o‘rmon xo‘jaligi hududidan o‘z yashash arealiga betalafot o‘tkazib yuborish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11:45 / 01.12.2024