Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Mask Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashdi. Avtonom avtomobillar uchun dasturiy ta’minotni joriy etish, shuningdek, ma’lumotlarni xorijga uzatish masalalari muhokama qilindi.
Tesla va SpaceX asoschisi, amerikalik milliarder Ilon Mask e’lon qilinmagan tashrif bilan Pekinga keldi, deb xabar berdi Reuters 28 aprel, yakshanba kuni.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Xitoyning yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashib, avtonom avtomobillar uchun dasturiy ta’minotni Xitoy bozorida joriy etish, shuningdek, ma’lumotlarni xorijga uzatishga ruxsat berish masalalarini muhokama qilishdir, deb yozadi nashr.
Xitoy davlat matbuotiga ko‘ra, Mask Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashgan. Xitoy bosh vaziri Tesla kompaniyasining XXR bozoridagi rivojlanishini AQSh-Xitoy iqtisodiy va savdo hamkorligi muvaffaqiyatli namunasi sifatida ko‘rish mumkinligini ta’kidlagan.
Xitoyda avtonom avtomobillar uchun dasturiy ta’minot
Tesla kompaniyasining o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobillar uchun dasturiy ta’minoti (FSD) bozorga 4 yil avval taqdim etilgan, biroq u hali Xitoyda mavjud emas. 2024 yilning aprel oyida Mask ushbu avtopilot dasturi «tez orada» xitoylik mijozlarga taqdim etilishiga va’da bergan edi.
Ma’lumotlar uzatish masalasi bo‘yicha, Reuters suhbatdoshi tushuntirganidek, Mask avtonom haydash algoritmini yanada takomillashtirish uchun Xitoyda to‘plangan ma’lumotlarni AQShga o‘tkazishga ruxsat olmoqchi. Xitoy milliy regulyatorining talablariga muvofiq, 2021 yildan boshlab Tesla Xitoyda to‘plangan barcha ma’lumotlarni Shanhayda saqlaydi.
Xitoy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Mask, o‘z navbatida, Pekin avtosaloni tashkilotchisi bo‘lgan Xitoy Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashiga rahbarlik qiluvchi hukumat amaldori Ren Xunbin bilan ham uchrashgan.
Mavzuga oid
20:07 / 16.12.2024
WSJ: Ilon Mask o‘z kompaniyasi AQSh harbiylari va razvedka topshirig‘i bilan kosmosga nimalar jo‘natayotganini bilmaydi
22:55 / 11.12.2024
Ilon Mask 400 milliard dollardan ortiq boylikka ega dunyodagi birinchi odamga aylandi
13:12 / 11.12.2024
Bloomberg: Pekin AQSh va YeIga UUA detallarini yetkazib berishni qisqartirdi
17:25 / 03.12.2024