Jahon | 08:45 / 29.04.2024
2772
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt O‘zbekistonda olma yetishtirish plantatsiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda 

Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Kuvaytda samarali muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Kuvaytda bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov kecha Marafie Group holdingining AL-TIJARIA – The Commercial real estate co kompaniyasi rahbariyati hamda OAV vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Muloqot chog‘ida AL-TIJARIA – The Commercial real estate co kompaniyasi vakillari turli sohalarda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarga sarmoyalar kiritishga tayyorligini bildirdi.

Xususan, O‘zbekistonning katta yer maydonida olma yetishtirish plantatsiyasini barpo etish, yonida esa olma tabiiy sharbatlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurish va tayyor mahsulotlarni xorijiy davlatlarga, xususan Kuvaytga eksportini yo‘lga qo‘yish reja qilinayotgani ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini kengaytirishga doir masalalar muhokama qilinib, Kuvayt tadbirkorlari Farg‘ona viloyatiga taklif etildi.

Mavzuga oid