Jahon | 08:06 / 06.05.2024
8400
2 daqiqa o‘qiladi

Global Finance dunyoning eng qashshoq davlatlari reytingini e’lon qildi

Global Finance jurnali dunyoning eng qashshoq davlatlari reytingini e’lon qildi. Dunyodagi eng qashshoq davlatlar qatoriga Janubiy Sudan, Burundi va Markaziy Afrika Respublikasi kirgan.

Foto: Global Finance

Dunyoning eng qashshoq mamlakatlari fuqarolar urushi, etnik va dinlararo nizolardan aziyat chekmoqda. COVID-19, o‘sib borayotgan inflatsiya va Ukrainadagi urush ularning ahvolini yanada yomonlashtirgan, deyiladi Global Finance jurnali reytingida.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston 190 davlat ichida 67-o‘rinni egalladi. YaIM ko‘rsatkichi yiliga kishi boshiga 10,9 ming dollarni tashkil etgan. O‘rin qanchalik baland bo‘lsa, mamlakat shunchalik qashshoq bo‘ladi. 

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston 43-o‘rin (5,8 ming dollar), Qirg‘iziston 48-o‘rin (6,8 ming dollar), Turkmaniston 101-o‘rin (19,7 ming dollar), Qozog‘iston 128-o‘rinni (34,5 ming dollar) qayd etgan.

Dunyodagi eng qashshoq davlatlar qatoriga Janubiy Sudan (455 dollar), Burundi (916 dollar) va Markaziy Afrika Respublikasi (1132 dollar) kirgan.

Jahon banki prognozlariga ko‘ra, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda talabalarning hozirgi avlodi kelajakdagi o‘rtacha yillik daromadining 10 foizigacha yo‘qotishi mumkin.

Mavzuga oid