O‘zbekiston | 18:30 / 07.05.2024
6471
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi ko‘prik ikki kunga yopildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida fevral oyi oxirida ochilgan ko‘prik ikki kunga yopildi. Bu haqda «O‘zbekiston temiryo‘llari» xabar qildi.

Qayd etilishicha, ko‘prik Qipchoq-Blok post stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasini jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib borilishi munosabati bilan 2024 yil 7 may kuni soat 14:00 dan 9 may soat 14:00 gacha avtotransport vositalari harakati qo‘shma ko‘prikda vaqtincha to‘xtatiladi.

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati Qipchoq ponton ko‘prigi orqali amalga oshiriladi.

«Vaqtinchalik noqulayliklar uchun „O‘zbekiston temir yo‘llari“ aksiyadorlik jamiyati rahbariyati uzr so‘raydi», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid