Iqtisodiyot | 15:54 / 12.05.2024
7101
4 daqiqa o‘qiladi

Oltin qimmatlashdi, bitcoin narxi pasaydi – Xalqaro moliya bozori sharhi

Hafta davomida aksariyat qimmatbaho metallar o‘sish sur’atini taqdim etdi. Xususan, oltin 58 dollarga, kumush 1,6 dollarga, mis esa 8 sentga qimmatlashdi. Asosiy kriptolar esa korreksiyaga uchradi. Bitcoin 4,89 foizga, Ethereum esa 7,32 foizga arzonlashdi.

Foto: AP

Jahon moliya bozorlari navbatdagi qaynoq haftani muvaffaqiyatli yakunladi. Joriy haftada makroiqtisodiy yoki siyosiy ma’lumotlar nisbatan kam bo‘ldi, biroq AQSh kompaniyalari I chorak uchun korporativ ma’lumotlarini e’lon qildi. Buning natijasida moliya bozorlarida aprel oyida vujudga kelgan pessimizm yumshab, bozorlar tiklana boshladi.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 6 maydan 10 maygacha bo‘lgan davrda Xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.  

AQSh top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500 – 5222 (hafta boshidan +1,85 foiz, yil boshidan +9, 49 foiz);
  • NASDAQ – 18161 (hafta boshidan +1,51 foiz, yil boshidan +7,94 foiz);
  • DJI – 39512 (hafta boshidan +2,16 foiz, yil boshidan +4,84 foiz).

AQSh fond indekslari may oyining navbatdagi haftasida o‘sish sur’atini taqdim qilishda davom etdi. Xususan, hisobot haftasida Dow Jones indeksi 837 punkt, NASDAQ 270 punkt va C&P500 95 punkt o‘sishga muvaffaq bo‘ldi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2360 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +2,53 foiz, yil boshidan +14,42 foiz;
  • Kumush – 28,1 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +6 foiz, yil boshidan +18,62 foiz;
  • Alyuminiy – 2510 dollar (1 tonnasi) hafta boshidan -1,53 foiz, yil boshidan +5,44 foiz:
  • Mis – 4,6 dollar (1 funti) hafta boshidan +1,78 foiz, yil boshidan +19,28 foiz.

Qimmatbaho metallar ham korreksiyani amalga oshirgach, o‘sish tendensiyasini tiklab, tepaga harakatlanishni davom ettirdi. Oltin 58 dollarga, kumush 1,6 dollarga, mis esa 8 sentga qimmatlashdi. Faqatgina alyuminiy oldingi haftaga nisbatan 31 dollarga arzonlashdi.

Neft

  • WTI – 78,13 dollar (hafta boshidan +0,26 foiz, yil boshidan +9,59 foiz);
  • BRENT – 82,67 dollar (hafta boshidan -0,13 foiz, yil boshidan +7,31 foiz).

Hafta davomida neftning WTI markasi 20 sentga arzonlagan bo‘lsa, BRENT 11 sentga oshdi.

Valutalar

  • USD/EUR: +0,08 foiz (yil boshidan -2,45 foiz);
  • CNY/USD: -0,19 foiz (yil boshidan +1,81 foiz);
  • TRY/USD: -0,05 foiz (yil boshidan +9,33 foiz);
  • UZS/USD: +0,50 foiz (yil boshidan +3,36 foiz);
  • RUB/USD: +1,33 foiz (yil boshidan +3,71 foiz).

Valutalar bozorida ham nisbatan tinchlik hukm surdi va ulardan bir qanchasi o‘sishga muvaffaq bo‘ldi. Dollarga nisbatan lira, yevro va yuan mos ravishda 0,05 foiz, 0,08 foiz va 0,19 foizga mustahkamlandi, so‘m va rubl esa 0 5 foiz va 1,33 foizga qadrsizlandi.

Kriptovaluta

  • Bitcoin – 60875 dollar (hafta boshidan -4,84 foiz, yil boshidan +43, 54 foiz);
  • Ethereum – 2909 dollar (hafta boshidan -7,32 foiz, yil boshidan +27,45 foiz).

Asosiy kriptolar tebranishni davom ettirmoqda. Hafta davomida Bitcoin 4,89 foizga, Ethereum 7,32 foizga pasaydi.

Bozorlar haqida qisqacha

Yaqin Sharqda yuzaga kelayotgan urushlar natijasida yoqilg‘i narxlari qimmatlashishi, hosil yetishmovchiligi tufayli kakao, loviya narxi yangi tarixiy maksimumlarini o‘rnatishi va Yevropa mintaqasida davom etayotgan urush tufayli boshqa don mahsulotlaridagi uzilishlar iste’mol narxlari o‘sishiga olib kelmoqda. Biroq so‘nggi haftalarda vujudga kelgan noaniqlik yaqin kunlarda, ya’ni chorshanba kuni tugashi kutilyapti. Chunki kelayotgan hafta AQShda yangilangan inflatsiya ko‘rsatkichi e’lon qilingach, investorlardan kelib tushgan ma’lumotlar asosidagi monetar siyosatining yangi tahlili bozorning yaqin kelajakdagi yo‘nalishini belgilab berishi mumkin.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 6 maydan 10 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.

Mavzuga oid