O‘zbekiston | 07:12 / 17.05.2024
2091
1 daqiqa o‘qiladi

Oltita ratsiyani internetda sotmoqchi bo‘lgan shaxsga chora ko‘rildi

Yangiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro mamlakat hududida foydalanishga ruxsat etilmagan 6 dona ratsiyani internet tarmog‘idagi platformalar orqali sotmoqchi bo‘lganligi aniqlangan. 

Foto: O‘zkomnazorat

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Xorazm viloyat hududiy shu’basi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Yangiariq tuman IIB tomonidan Yangiariq tumani hududida navbatdagi monitoring tadbiri o‘tkazildi

Tadbir davomida Yangiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro mamlakat hududida foydalanishga ruxsat etilmagan 6 dona ratsiyani internet tarmog‘idagi platformalar orqali sotmoqchi bo‘lganligi aniqlangan. 

Tuman IIB tomonidan mazkur radioelektron vositalar sotilishi oldi olinib, fuqaroga nisbatan radioelektron vositalarini sotish tartibiga rioya qilinmaganligi holati yuzasidan chora ko‘rilgan.

Mavzuga oid