Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari e’lon qilindi
Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirining “Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Mazkur nizom asosan ikki qismdan iborat.
Birinchi qism davlat budjetini tuzish tartibi bilan bog‘liq quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
– davlat budjetining daromadlari va xarajatlari hamda tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning normativ miqdorlari aniqlash;
– fiskal strategiyani ishlab chiqish va tasdiqlash;
– budjet so‘rovini tuzish va taqdim etish (budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari);
– davlat budjeti (shu jumladan mahalliy budjetlar) to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish tartibi;
– boshqa masalalar (aylanma kassa mablag‘lari miqdorini aniqlash, daromadlar va xarajatlar yoyilmasini shakllantirish va tasdiqlash, budjetlararo munosabatlar).
Ikkinchi qismi davlat budjetini ijro etish munosabatlarini tartibga soladi. Jumladan:
– mahalliy budjetlarning daromadlar va xarajatlar yoyilmalariga o‘zgartirishlar kiritish;
– davlat budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash tartibi (shuningdek erkin qoldiq mablag‘larini va daromadlarni prognozdan oshirib bajarilgan miqdorlarini aniqlash);
– budjet tashkilotlari tovar-moddiy qiymatliklarning me’yordan ortiq zaxiralari va boshqa masalalarni.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:14 / 01.12.2024
Rossiyada urush xarajatlari rekord darajada ko‘p bo‘lgan budjet tasdiqlandi
13:32 / 22.11.2024
Duma 2025 yilgi budjetni urushga rekord xarajatlar bilan qabul qildi
13:44 / 21.11.2024