Jahon | 17:28 / 03.06.2024
9107
5 daqiqa o‘qiladi

Xarkivga zarba. Besh qavatli uy vayron bo‘lgan. Urush suratlari

Ukrainada urushning 830-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belgorod oblastidagi rayon ma’muriyati rahbari o‘rinbosari o‘q-dori portlab ketishi oqibatida halok bo‘ldi.
  • Shebekino o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan olti kishi qurbon bo‘ldi.
  • Rossiya mudofaa vazirligi Donetsk oblastidagi Umanskiy qishlog‘i egallangani haqida xabar berdi.
  • Zelenskiy Xitoyni Shveytsariyadagi tinchlik sammitida ishtirok etishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi.
  • DPA: Saudiya Arabistoni Rossiya taklif etilmagani uchun
  • Shveytsariyadagi tinchlik sammitida ishtirok etishga rozi bo‘lmagan.

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi yo‘lda ketayotgan zirhli mashinasi

Donetsk oblastidagi janglarda «Xolodniy Yar» nomli 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi ham ishtirok etmoqda. Ukraina QKning bu bo‘linmasi Donbassda 2014 yildan buyon jang qilmoqda. Bo‘linma saytida aytilishicha, «Xolodniy Yar» birinchilardan bo‘lib ittifoqchilarning zamonaviy qurollarini qo‘lga kiritgan, shu bilan bir vaqtda ukrainalik ishlab chiqaruvchilarning ilg‘or innovatsiyalarini ham     hayotga tatbiq etmoqda. 

93-brigadaning zenit pushkasi Baxmut yaqinidagi pozitsiyada
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrain armiyasiga yangi chaqirilganlarning mashg‘ulotlari

The Washington Post jurnalistlari o‘n minglab kishilar ukrain armiyasiga safarbar qilinishi arafasida harbiylar, jumladan bo‘linmalar komandirlari bilan uchrashib, Ukraina qurolli kuchlari uchun yangi kadrlar tayyorlash masalasida gaplashishdi. Nashr maqolasida keltirilishicha, harbiylar o‘qitish tizimi yomonligidan shikoyat qilishgan — yangi chaqirilganlar uchun ham, nisbatan tinch bo‘lgan ichki hududlardan o‘tayotgan harbiylar uchun ham. Maqolada aytilishicha, aynan yaxshi tayyorgarliksiz frontga tushib qolish ehtimoli yuqoriligi — ko‘plab ukrainlar safarbarlikdan cho‘chishining asosiy sababidir. Nashr jurnalistlari bilan gaplashishga rozilik bergan harbiylarning barchasi armiya uchun odam yig‘ish va ularni o‘qitish tizimini yaxshilash zarurligi borasida yakdil fikr bildirishgan. Ularning qayd etishicha, busiz Rossiya bosqiniga qarshi turishda samaraga erishib bo‘lmaydi.

Dneprlik 34 yoshli Aleksey Ukraina qurolli kuchlari yig‘ish punktida. Yangi qonun bo‘yicha harbiy xizmatga nafaqat safarbarlik majburiyati ostidagilar, balki ko‘ngillilar ham jalb etilishi mumkin
Ed Ram / The Washington Post / Getty Images
Harbiy xizmat ko‘nikmalarini Ukrain qurolli kuchlarida xizmat qilmaydigan ukrainlar ham olishi mumkin. Tinch aholi vakillari uchun kurslarni boshqalar qatori «Azov» batalyoni jangchilari ham o‘tishmoqda. Kurslarda NLAW tankka qarshi raketa tizimlarini qo‘llash ham o‘rgatiladi
Ed Ram / The Washington Post / Getty Images
O‘quv mashg‘ulotlariga «Xolodniy Yar» 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigada jangchilari ham jalb etilgan. 2024 yil 24 mayda olingan fotoda 93-brigadaning Donetsk oblastidagi bazalaridan biridagi taktik mashg‘uloti aks etgan
Ed Ram / The Washington Post / Getty Images
Ukraina QK quruqlik kuchlarining 41-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi Rossiya qo‘shini egallashga harakat qilayotgan strategik muhim shahar Chasiv Yarni mudofaa qilmoqda. 41-brigada safiga kelib qo‘shilganlar granatomyotdan otishni ham o‘rganishi lozim.
Ed Ram / The Washington Post / Getty Images

Xarkivda Rossiya armiyasi zarbasiga uchragan uyning ko‘rinishi

31 mayga o‘tar kechasi Rossiyaning navbatdagi raketasi Xarkivning Novobavarskiy rayonidagi besh qavatli uyga kelib urildi. Uyning yuqori qavatlari butkul vayron bo‘lgan, binoda yong‘in chiqqan. Ukraina bosh prokurori ofisiga ko‘ra, to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 20 kishi yaralangan. Quyidagi kadrlar 1 iyun kuni tasvirga olingan. Halok bo‘lganlardan to‘qqizinchisining jasadini qutqaruvchilar 2 iyun kuni topishgan.

Nicolas Cleuet / Le Pictorium Agency / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Zarbadan keyin hududni tozalayotgan ko‘ngillilardan biri
Nicolas Cleuet / Le Pictorium Agency / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan uyda yashovchilardan ayrimlar butun qolgan buyumlarini qidirib qaytishgan
Nicolas Cleuet / Le Pictorium Agency / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Zarba kelgan joyda qutqaruv ishlari 1 iyunda ham davom ettirildi, huquq-tartibot organlari xodimlari esa yetkazilgan zararni baholashmoqda
Nicolas Cleuet / Le Pictorium Agency / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Nicolas Cleuet / Le Pictorium Agency / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Nicolas Cleuet / Le Pictorium Agency / ZUMA Press / Scanpix / LETA

Mavzuga oid