Jamiyat | 13:40 / 09.06.2024
12326
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 14 yoshli o‘smir kanalda cho‘kib ketdi

Hozirda hodisa yuzasidan Bekobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: suvmap.uz

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketgan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Bekobod tuman prokuraturasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 6 iyun kuni 16:30 larda Bekobod tumani, Qushtamg‘ali mahallasidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanalida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashovchi, 2010 yilda tug‘ilgan S.T. cho‘kib, vafot etgan.

Olib borilgan qidiruv-qutqaruv tadbirlari davomida o‘smirning murdasi Do‘stlik kanalining 150 metr uzoqlikdagi qismidan cho‘kish alomatlari bilan topilgan.

Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan Bekobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Mavzuga oid