Uchqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
39 yoshli Dilshod Mirxanov Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Deputatlar Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning Uchqo‘rg‘on tumani hokimi Haydarov Muhammad Abduhakimovichni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan ma’qulladi.
Deputatlar Namangan viloyati hokimining Mirxanov Dilshod Abdullayevichni Uchqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan tasdiqladi.
Dilshod Mirxanov 1985 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-quruvchi, iqtisodchi.
U mehnat faoliyatini Namangan viloyatidagi uy-joy mulkdorlari assotsiatsiyasida mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2015−2017 yillarda Namangan viloyati hokimligining yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi moliyalashtirish va xo‘jalik shartnoma munosabatlari bo‘limi bosh mutaxassisi, 2017−2019 yillarda Namangan viloyat hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
Shundan so‘ng «Qishloq qurilish invest» Namangan viloyati filiali boshlig‘i, tayinlovga qadar — viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Haydarov 2024 yil fevral oyida Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024