Orol dengizining shimoliy qismida suv hajmi oshgani ma’lum qilindi
Dengizning shimoliy qismida bir necha yil davomida suv hajmi kamayib borayotgan edi, biroq 2024 yildan boshlab yana ko‘payishni boshladi.
Orol dengizining shimoliy qismida suv hajmi oshdi. Bu haqda Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligiga tayanib Tengrinews ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon Orol dengizining shimoliy qismiga 1,1 milliard kub metr suv quyilgan. Shunday qilib, bugungi kunda Orol dengizining shimolidagi suv hajmi 21,4 milliard kub metrni tashkil etadi.
«Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yig‘ilishida tomonlar sug‘orish mavsumida Orol dengizining shimoliy qismiga 997 million kub metr suv quyilishi, shuningdek, oqim sekundiga kamida 30 kub metrni tashkil qilishi haqida kelishib oldilar», deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq, Orol dengizi shimolini janubdan ajratib turuvchi Ko‘korol to‘g‘oni qurilishi tugallangan edi. To‘g‘on Orol dengizining shimolidagi suv sathini ko‘tarish imkonini berdi.
«To‘g‘on foydalanishga topshirilganidan to bugungi kunga qadar Orol dengizining shimoliy qismiga Sirdaryodan 46,6 milliard kub metr suv, so‘nggi 7 yilda 13,3 milliard kub metr suv quyildi. Orolning shimoliy qismida bir necha yil davomida suv hajmi kamayib borayotgan edi. Biroq 2024 yildan boshlab yana ko‘payishni boshladi va bugungi kunda 21,4 milliard kub metrga yetdi», dedi Suv xo‘jaligi vazirligi rasmiy vakili Moldir Abdualiyeva.
Qayd etilishicha, Sirdaryo oqimining 75 foizi Qirg‘izistonda, 20 foizi O‘zbekistonda, 5 foizi Qozog‘istonda hosil bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
21:54 / 23.12.2024
Mo‘g‘uliston havo ifloslanishini kamaytirish uchun «ko‘k ko‘mir» ishlab chiqaradi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
16:33 / 23.12.2024