Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida dunyoning 25 ta davlatida 250 ming nafarga yaqin kishi vabo bilan kasallangan. Ulardan 2 137 nafari vafot etgan. Aksariyat vabo o‘choqlari Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida ro‘yxatga olingan. Afg‘onistonda qariyb 18,7 ming kishi ushbu infeksiyani yuqtirgan.
Dunyo bo‘ylab vabo kasalligi tarqalish xavfi juda yuqori, deb baholanmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga tayanib Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning yanvar-iyun oylarida dunyoning 25 ta davlatida 250 ming nafarga yaqin kishi vabo bilan kasallangan va ulardan 2 137 nafari vafot etgan. Birgina iyun oyida 18 mamlakatda yashovchi 40,5 ming nafardan ko‘proq bemorda ushbu xastalik aniqlangan. Ularning 166 nafari epidemiya oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
Aksariyat vabo o‘choqlari, ya’ni 32,5 mingga yaqin yangi kasallanish holatlari Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida ro‘yxatga olingan. Afg‘onistonda qariyb 18,7 ming, Yamanda 6,6 mindan ortiq, Pokistonda esa 5200 dan ziyod kishi ushbu infeksiyani yuqtirgan.
JSST dunyo bo‘ylab epidemiyalar soni ortishi va ularning tarqalish ko‘lami kengayishi, shuningdek, vaksinalar va boshqa resurslar taqchilligini hisobga olib, global darajadagi xavfni juda yuqori deb baholagan.
Qayd etilishicha, qator davlatlarda vaboga qarshi emlash vositalari yetishmovchiligi kuzatilyapti. O‘tgan yil yanvar oyidan buyon 17 ta mamlakat 102 million doza vaksina so‘ragan bo‘lsa, ishlab chiqarish miqdori 51 million dozani tashkil etgan. Bugun esa zaxiradagi 7,5 million doza emlash vositasi qolgan xolos.
Mavzuga oid
18:07 / 22.12.2024
FT: AQSh Tramp prezidentligining birinchi kunida JSSTdan chiqishini e’lon qilishi mumkin
13:42 / 02.12.2024
Dunyoda 800 milliondan ortiq odam diabetdan azob chekadi - tadqiqot
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024