Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi ochildi
T916 yo‘nalishidan allaqachon Germaniya, Lyuksemburg, Italiya, Shveytsariya va AQSh aviakompaniyalari foydalanmoqda.
Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi Qozog‘iston va O‘zbekiston havo hududi orqali o‘tuvchi yangi T916 yo‘nalishi ochilganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Kazinform.
Bu Yevropadan Janubi-Sharqiy Osiyoga parvozlar uchun qo‘shimcha yo‘nalishlardan biridir.
Yo‘nalish ochilganidan beri 19 ta reys amalga oshirilgan. Biroq yoz oxirigacha reyslar soni ko‘payishi mumkin, chunki foydalanuvchilar yangi marshrutni o‘zlashtirishga vaqt ajratadilar.
Yangi marshrutdan Lufthansa Cargo (Germaniya), Cargolux (Lyuksemburg), Cargolux Italy (Italiya), Nomad Aviation (Shveytsariya), Western Global Airlines (AQSh), Aerologic Cargo Airlines (Germaniya) kompaniyalari foydalanmoqda.
T916 yo‘nalishining uzunligi 2187 km bo‘lib, shundan 437 km qismi O‘zbekistondan, 1750 km qismi Qozog‘iston orqali o‘tadi.
Ta’kidlanishicha, T916 yo‘nalishi aviakompaniyalar va O‘zbekiston aeronavigatsiya provayderi «O‘zaeronavigatsiya» taklifi bilan ochilgan. Ilgari u ICAO imtiyozli marshrutlar katalogiga kiritilgan edi.
«Qazaeronavigatsiya» mutaxassislarining fikricha, yangi yo‘nalish Qozog‘iston havo hududining xorijiy aviakompaniyalar uchun jozibadorligini oshiradi va Janubiy Qozog‘istondagi havo harakatini nazorat qiluvchilarga yuklamani kamaytiradi.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024