O‘zbekiston | 13:51 / 22.07.2024
1511
1 daqiqa o‘qiladi

Vengriya O‘zbekistondagi startaplarni YeI orqali qo‘llab-quvvatlashi mumkin 

O‘zbekiston va Vengriya ta’lim dasturlari doirasidagi hamkorlikni kengaytiradi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi Davlat kotibining ta’lim, stipendiya dasturlari va ilmiy diplomatiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Miklosh Lendel bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, Vengriyaning "Xungarikum stipendiyasi" ta’lim dasturi doirasida aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, startaplar va innovatsion loyihalarni, shu jumladan Yevropa Ittifoqi orqali qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Miklosh Lendel ko‘p tomonlama O‘zbekiston-Vengriya hamkorligini yanada rivojlantirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 2025 yilda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarining navbatdagi forumini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid