O‘zbekiston | 10:06 / 24.07.2024
2577
1 daqiqa o‘qiladi

Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi tuzilmoqda

Nodavlat notijorat tashkilot shaklida Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi tuzilmoqda.

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining "Arxitektura va qurilish sohasi faxriylariga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Nodavlat notijorat tashkilot shaklida Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi tuzilmoqda. Uning asosiy yo‘nalishlari:

● soha faxriylarining noyob va boy tajribasi, amaliy bilimlarini keng tarqatish;
● shaharsozlik va arxitekturani rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, bu sohada konsepsiyalar va dasturlar shakllantirishda ishtirok etish;
● sohadagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
● soha faxriylarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;
● faxriylarning ijtimoiy va moddiy ahvolini yaxshilash va boshqalar.

Kengash Toshkent arxitektura-qurilish universiteti binosida joylashtiriladi. Uning ehtiyojlari uchun 2 ta Malibu avtotransport vositasi biriktiriladi.

Mavzuga oid