Jahon | 22:49 / 29.07.2024
4768
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga 1,7 milliard dollarlik ikkita qurol paketini ajratdi

Harbiy yordam doirasida Qo‘shma Shtatlar havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun o‘q-dorilar va boshqa qurollarni yetkazadi.

Foto: defence-ua.com

AQSh Mudofaa vazirligi Ukrainaga 1,5 milliard dollar va 200 million dollar miqdorida ikkita yangi harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qildi.

«AQSh Mudofaa vazirligi Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi (USAI) jamg‘armalaridan 1,5 milliard dollarlik yirik yordam paketini e’lon qiladi», deyiladi Pentagon xabarida.

200 million dollarlik ikkinchi yordam paketi Kiyevga AQSh prezidenti farmoni bilan mablag‘ ajratish imkonini beruvchi Prezidentlik vakolati mexanizmidan foydalangan holda yuboriladi.

Harbiy yordam doirasida Qo‘shma Shtatlar havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun o‘q-dorilar, HIMARS uchun snaryadlar, RIM-7 raketalari, shuningdek, Javelin uchun minomyot va o‘q-dorilar bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, yordam paketlari xavfsiz aloqa tizimlari va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari xizmatlarini o‘z ichiga oladi.

Mavzuga oid