O‘zbekiston | 18:57 / 29.07.2024
8656
2 daqiqa o‘qiladi

Harbiy xizmatchi, IIO va bojxona xodimlari farzandlari uchun kvotalar tasdiqlandi

Harbiy xizmatchi, IIO va bojxona xodimlari uchun jami 4878 ta qo‘shimcha kvota ajratiladigan bo‘ldi.

Respublika Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xodimlarining farzandlari uchun besh foizli, Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining vazirlik va idoralar kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi.

Ularga jami 2 439 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan. Shundan:

  • Milliy gvardiya – 697 ta;
  • Mudofaa vazirligi – 775 ta;
  • Harbiy prokuratura – 9 ta;
  • Ichki ishlar vazirligi – 174 ta;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 226 ta;
  • Davlat xavfsizlik xizmati – 488 ta;
  • O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati – 35 ta;
  • O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi – 35 ta.

Ma’lumot uchun, bu kvotalar birinchi oliy ta’lim muassasasining kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha kvotalar ham tasdiqlandi. Unda huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli 1 742 ta davlat granti ajratildi. Bu 1-oliy ta’lim muassasasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari uchun amal qiladi.

Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti 697 ta etib belgilandi. Bu kvota 1-oliy ta’lim muassasasining kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

Mavzuga oid