Shahram G‘iyosov professional boksdagi 16-jangida ham g‘alaba qozondi
AQShning Santa-Monika shaharchasida «Riyadh Season» musobaqalar turkumi doirasida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Yarim o‘rta vazn toifasi reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Shahram G‘iyosov (16-0, 9 KO) meksikalik Migel Perraga (22-5-1, 14 KO) qarshi ringga ko‘tarilib va to‘liq 10 raundlik jang o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik bokschi jangni ustunlik bilan boshladi, 6-raundga kelibgina Perra vaziyatni tenglashtirdi. Ammo Shahram yana nazoratni o‘z tomoniga og‘dirdi va 7-raundda raqibni deyarli nokdaun holatiga tushirdi, ammo referi beldan pastga zarba berildi deb hisobni ochmadi. Yakunda Shahram ochkolari evaziga g‘alaba qozondi — 94:95, 95:94, 96:93.
Shu tariqa 31 yoshli professional boksdagi 16-jangini ham o‘z foydasiga hal qildi.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024