Jahon | 11:27 / 02.08.2024
3077
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston janubidagi ko‘chkilar qurbonlari soni 256 kishiga yetdi

Rasmiylarning ta’kidlashicha, Kerala tarixidagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan biriga duch kelmoqda.

Foto: AP

Hindiston janubidagi Kerala shtatida kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan ko‘chkilar qurbonlari soni 256 kishiga yetdi, kamida 200 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda India Today.

Kerala Sog‘liqni saqlash vaziri Vina Jorjning ta’kidlashicha, ko‘chkilar ortidan bedarak yo‘qolgan 220 dan ortiq odamni qidirish doimiy ravishda davom etmoqda.

Qidiruv-qutqaruv ishlariga 1100 dan ortiq kishi jalb etilgan.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, Kerala tarixidagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan biriga duch kelmoqda.

Tabiiy ofat hududida ko‘prik qulashi ortidan Hindiston armiyasi vaqtinchalik ko‘prik qurilishini boshladi. Shtatda 1500 askar joylashgan.

Shtatda tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan 8300 dan ortiq kishi 82 lagerga evakuatsiya qilingan va hukumat bu lagerlarga oziq-ovqat va yordam materiallari yetkazib bergan.

30 iyul kuni kuchli yomg‘irlar natijasida Kerala shtatida ko‘chkilar sodir bo‘lib, infratuzilma va yo‘llarga jiddiy zarar yetkazgan. Jabrlangan Chooralmala qishlog‘ida 200 ta uy vayron bo‘lgan.

Mavzuga oid