Jahon | 15:38 / 04.08.2024
14228
11 daqiqa o‘qiladi

Donbassga kelgan mahbuslar batalyoni va Krasnohorivka xarobalari. Urush suratlari

Krasnohorivka qariyb butkul vayron bo‘lgan va rus qo‘shini tomonidan egallangan. Quyida ushbu o‘lik shaharning qush parvozi balandligidan ko‘rinishi aks etgan suratlar

Donetsk aglomeratsiyasiga mansub bo‘lgan Krasnohorivka shahri Maryinka shahridan shimolda joylashgan. 2014 yildan buyon u Ukraina qurolli kuchlari hamda o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR harbiy tuzilmalari o‘rtasidagi janglar markazida qolgan. Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganida Krasnohorivka Ukraina nazoratida edi, urushgacha shaharda 15 mingga yaqin kishi yashagan. Rossiya armiyasi 2024 yil fevralida Krasnohorivka tomon yurish boshladi. Yozga kelib shahar amalda to‘liq vayron qilindi. 

Hozirda RF qo‘shini Krasnohorivkani egallash jarayonini yakunlamoqda, Ukraina mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan DeepState loyihasi ma’lumotiga ko‘ra, RF qo‘shini Krasnohorivkaning shimoliy chekkalarida oldinga yurmoqda. Pablik e’lon qilgan xaritaga ko‘ra, shaharning katta qismi Rossiya qo‘shinlari tomonidan nazorat qilinmoqda. 

Fotograf Konstantin Liberov rossiyaliklarning og‘ir artilleriya va boshqariluvchi aviabombalaridan vayron bo‘lgan Krasnohorivkaning dron orqali olingan suratlarini namoyish etdi.

Ukrainalik harbiy boshpanada turib dron parvozini kuzatmoqda, 2024 yil 27 iyul
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Vayron bo‘lgan Krasnohorivkaning drondan ko‘rinishi, 2024 yil 27 iyul
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Krasnohorivkada vayron bo‘lgan uylar, 2024 yil 27 iyul
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ukrainalik harbiy portlovchi qurilma joylashtirilgan FPV-dronni parvozga tayyorlamoqda, 2024 yil 27 iyul
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ukrainalik harbiy FPV-dron zarbasiga uchrab, yonib ketgan avtomobil yonidan o‘tmoqda, 2024 yil 27 iyul
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Rossiyalik harbiylar Dniproda ukrainlarning «Baba-yaga» bombardimonchi droni va suvusti dronlarining muqobillarini sinovdan o‘tkazmoqda

Rossiyalik harbiylar Xerson oblasti hududidan o‘tgan Dnipro daryosi quyi oqimidagi orollarda sinovdan o‘tkazilayotgan dronlarni namoyish etdi. Yirik kvadrokopterlar va geksakopterlar ukrainlarning «Baba-yaga» dronlarini (bu rossiyaliklar bergan laqab; Ukrainada bu dronlarni Vampire deb atashadi) eslatadi.

Ko‘p yuk ko‘tarish va uzoqqa uchish imkoniyatiga ega bo‘lgan bunday dronlar xitoyliklar ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik dronlari asosida yasalgan. Ular keng ko‘lamli vazifalarni bajaradi: yuklarni oldingi chiziqqa yetkazib berish, signallarni ularning uzoqroq masofaga harakatlanishi uchun kichik dronlarga retranslyatorlik qilish, shuningdek og‘ir bombardimonchilar sifatida — ular rossiyaliklarning pozitsiyalari ustiga tankka qarshi kuchli minalar hamda artilleriya snaryadlarini ham tashlashi mumkin.

Rossiya armiyasi bunday klassdagi dronlarga ko‘p miqdorda ega emas. Bu gapni suvusti pilotsiz apparatlari haqida ham aytish mumkin. RF QK Dniproda pilotsiz katerlarni ham sinovdan o‘tkazmoqda.

Xerson oblastida rossiyalik harbiylar tunda ishlashga mo‘ljallangan geksakopterni parvozga tayyorlamoqda. 2024 yil 24 iyul
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Rossiyaliklar geksakopteri Xerson oblasti osmonida
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Rossiyalik harbiy xizmatchilar Grand rusumli suvusti pilotsiz apparatiga oziq-ovqat mahsulotlarini yuklamoqda. Undan ichimlik suvi, yegulik va o‘q-dorilarni Dnipro daryosi deltasidagi orolga yetkazishda foydalanilmoqda
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Grand suvusti droni
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Rossiyalik harbiylar Xerson oblastida «Gektor» S-80 qishloq xo‘jalik dronidan foydalanmoqda, ular odatda ekin dalalarini qayta ishlashda qo‘llangan. Bu dron 40 kilogrammgacha bo‘lgan yuklarni 15 kilometrgacha yetkazib bera oladi
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia

Donbassda ukrain mahbuslaridan tuzilgan «Shkval» batalyoni frontga yo‘l olishga tayyorlanmoqda

Ukraina qurolli kuchlari tarkibida sobiq mahbuslardan tuzilgan «Shkval» batalyoni tuzildi. May oyida Oliy Rada og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgani uchun qamalganlarni safarbar etishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qilgandi. Frontga borishni istagan mahbuslar sudning shartli ravishda ozod etish to‘g‘risidagi qarorini olib, tibbiy komissiyadan o‘tishi kerak.

Bunday amaliyot RF qurolli kuchlarida ham mavjud, ammo ukrain rasmiylari mahbuslarni yollashga turlicha yondashilayotganiga e’tibor qaratgan. «Bizda ko‘ngilli sxema, biznikilarni hech kim majburlamaydi, Rossiyada esa barchani majbur qilishadi. Ularda hech kimni tayyorgarlikdan o‘tkazishmaydi. Tayyorgarliksiz ular shunchaki  „to‘p yemi“» — degan Ukraina adliya vaziri Denis Malyuska BBC uchun intervyuda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrain qamoqxonalarida jami 10-20 ming kishi safarbar etilishi mumkin.

Quyidagi suratlarda — «Shkval» maxsus batalyoni askarlari Ukraina qurolli kuchlari 28-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi tarkibida mashg‘ulot o‘tkazishi aks etgan. Kadrlar 26 iyul kuni Donetsk oblastida olingan.

Iyul oyi o‘rtalarida rossiyalik harbiylashgan blogerlar va propagandachilar ukrainalik ilk mahbuslar frontda paydo bo‘lgani va hatto asir tushgani haqida xabar bergandi. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, «Shkval» Donetsk oblastidagi Novoselovka Pervaya qishlog‘i hududida «Magura» nomli 47-alohida mexanizatsiyalashgan brigada tarkibida shturm harakatlarida ishtirok etgan.

Shuningdek, Ukraina QK 24-mexanizatsiyalashgan brigadasi tarkibida sobiq mahbuslardan iborat «Xarakterniki» nomli yana bir maxsus bo‘linma paydo bo‘lgan.

«Shkval» batalyoni harbiylarining Donbassdagi mashg‘ulotlari, 2024 yil 26 iyul
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
«Shkval» jangchilari Donbassdagi harbiy mashg‘ulotlar doirasida sparring o‘tkazmoqda, 2024 yil 26 iyul
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Sobiq mahbuslar Donbassdagi mashg‘ulotlar chog‘ida okop qazimoqda, 2024 yil 26 iyul
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
UQKning 28-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi tankchilari «Shkval» batalyoni mashg‘ulotlarida, 2024 yil 26 iyul
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
«Shkval» jangchilari mashg‘ulotlar chog‘ida hushini yo‘qotgan polkdoshiga tez tibbiy yordam ko‘rsatmoqda, 2024 yil 26 iyul
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida zarbalar ostida yashayotgan shaharlar

Rossiya qo‘shini Ukraina frontlarida, jumladan Donetsk oblastida yurishini davom ettirmoqda. RF armiyasining asosiy zarbasi Donbass markazida, Chasiv Yardan Krasnohorivkaga qadar cho‘ziladigan yuz kilometrlik duga bo‘ylab berilmoqda. Harbiy harakatlarga qaramay, front chizig‘i yaqinida joylashgan ayrim aholi yashash punktlarida odamlar yashashi davom etmoqda. Aholi yashash uylari va boshqa binolar, jumladan ibodatxonalar (birgina Donetsk oblastida Rossiya bosqini davrida 110 dan ortiq diniy binolar shikastlangan) zarba ostida qolmoqda. Quyida front bo‘yidagi shaharlar hayoti aks etgan suratlar.

Donetsk oblastining Aleksandro-Shultino qishlog‘ida zarbalar oqibatida shikastlangan Avliyo Georgiyev ibodatxonasi
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Donetsklik fermer Sergey o‘z uchastkasiga tushgan Rossiya raketasi qoldig‘ini ko‘rsatmoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Donetsk oblastidagi kungaboqar dalasi o‘rtasida yangi qazilgan xandaq
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Donetsk oblasti Pokrovsk rayoni Novoekonomicheske qishlog‘idagi ibodatxona o‘qqa tutilishi oqibatlari
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Donetsk oblasti Kramatorsk shahrida derazalari to‘kilib tushgan bino atrofida o‘ynayotgan bolalar
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
29 iyul kungi artilleriya zarbasi oqibatida chiqqan yong‘inga qarab turgan harbiy xizmatchi, Donetsk oblasti
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Xarkiv oblasti ikki yil oldin ozod etilgandi, ammo hamon minalardan tozalanmagan

Ukraina hukumati aprel oyida hududni minalardan tozalash ishlariga ko‘proq ayollarni jalb etishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi: o‘shanda, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari sapyorlari safida ayollar 30 foizni tashkil etayotgandi. Iyun oyida fransuzlarning LʼExpress jurnali ukrain armiyasi yoppasiga sapyor ayollarni yollayotgani haqida xabar bergandi. Nashrning yozishicha, 2018 yilga qadar ukrain ayollari bu mutaxassislik bo‘yicha ishlashi taqiqlangandi.

Quyidagi fotosuratlarda politsiya sapyorlari Xarkiv oblasti Chkalovske posyolkasini minalardan tozalashi aks etgan. Bu bo‘linmada ayollar ham xizmat qiladi: Svetlana Mixaylichenko va Tatyana Levitskaya, ikkisi ham — mayor maqomida. Chkalovske 2022 yil fevralidan sentabrga qadar Rossiya okkupatsiyasi ostida bo‘lgan. Xarkiv oblastida yashovchilar aytishicha, rossiyalik harbiylar chekinayotganida o‘z minalarini zararsizlantirmagan, ular haqida mahalliy aholi vakillariga ma’lum qilmagan va minalangan uchastkalar xaritasini qoldirmagan.

Svetlana Mixaylichenko va Tatyana Levitskaya (o‘ngda)
Narciso Contreras / Anadolu / ABACAPRESS / ddp/ Vida Press
Xarkiv oblastidagi sapyorlar
Narciso Contreras / Anadolu / ABACAPRESS / ddp / Vida Press
Tatyana Levitskaya
Narciso Contreras / Anadolu / ABACAPRESS / ddp / Vida Press
Svetlana Mixaylichenko (chapda) va Tatyana Levitskaya
Narciso Contreras / Anadolu / ABACAPRESS / ddp / Vida Press
Svetlana Mixaylichenko (chapda) va Tatyana Levitskaya sapyorlar guruhi tarkibida
Narciso Contreras / Anadolu / ABACAPRESS / ddp / Vida Press

Mavzuga oid