O‘zbekiston | 20:26 / 07.08.2024
53893
2 daqiqa o‘qiladi

Elektr energiyasi hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushirildi

Yangilangan tizim orqali iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa har qanday ma’lumotni onlayn tarzda kuzatib borish mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan yangi HET Billing dasturiy kompleksi to‘liq ishga tushirildi.

Qayd qilinishicha, endi iste’molchilar elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirishi hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni kuzatib borishi mumkin.

Yangilangan tizim orqali iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa har qanday ma’lumotni onlayn tarzda kuzatib borish mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Avvalroq, yangi billing dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 31 iyuldan 5 avgustgacha elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tizimni joriy etishdagi kechikishni bir qancha texnik jarayonlarni o‘z ichiga olgani, bosqichma-bosqich ishga tushirilgani bilan izohladi va noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.

Mavzuga oid