Zelenskiy Ukrainaning Kursk viloyatidagi operatsiyasi mazmunini tushuntirdi
«Rossiya urushni Ukraina zaminiga olib keldi va nima qilganini his qilishi kerak», dedi Volodimir Zelenskiy. «Ukrainaliklar o‘z maqsadlariga qanday erishishni bilishadi», dedi u.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 8 avgust, payshanba kuni kechki murojaatida Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi haqida yana to‘g‘ridan to‘g‘ri izoh bermadi, biroq Rossiya urushni Ukraina tuprog‘iga olib kelganini va «bu nima ekanligini his qilishi kerakligini» aytdi. U Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning uchta «samarali» hisoboti haqida hech qanday qo‘shimcha ma’lumot bermasdan gapirdi.
«Ukrainaliklar o‘z maqsadlariga qanday erishishni bilishadi va biz urushni olib kelganimiz yo‘q. Biz o‘z maqsadlarimizga imkon qadar tezroq erishish uchun harakat qilishimiz kerak», - dedi Ukraina prezidenti.
Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi
Reuters avvalroq Ukraina harbiylari Kursk viloyatidagi harakatlarga nisbatan to‘liq sukut saqlash strategiyasidan foydalanayotganini ta’kidlagan edi.
O‘z navbatida, Ukraina prezidenti devonining maslahatchisi Mixail Podolyak «urush - bu o‘z qoidalariga ega bo‘lgan va tajovuzkor har doim tegishli xulosa chiqaradigan narsa», dedi. U, shuningdek, Rossiyada, shu jumladan chegara hududlarida «odatiy hayot shakllarining yo‘q qilinishi» haqida xabar berdi.
Ukraina Qurolli kuchlarining 8 avgust kuni kechqurun Kursk viloyatidagi hujumi natijalariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Rossiya Federatsiyasi chegara hududining 20 km chuqurlikdagi qismini egallab oldi va o‘ndan ortiq aholi punktlarini nazorat qilyapti. Ular egallab olingan Rossiya hududini uzoq muddat ushlab turishga tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
18:14
Zelenskiy KXDR jangchilari asirga olinganini e’lon qildi
13:59 / 10.01.2025
Zelenskiy Ramshtaynda G‘arbni Ukrainaga qo‘shin yuborishga chaqirdi
08:32 / 08.01.2025
«Axir u bilan yaxshi edik. Nega vaysayapti?» - Lukashenko Zelenskiyga javob qaytardi
10:47 / 07.01.2025