Shols Netanyahuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Germaniya kansleri Isroil hukumati rahbari bilan suhbat chog‘ida: «Hozirda mintaqada zo‘ravonlikning halokatli spiralini to‘xtatish va keskinlikni pasaytirish har qachongidan ham muhimroq» dedi.
Germaniya kansleri Olaf Shols Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali suhbatda Hamas harakati bilan garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv tuzish «vaqt kelganini» aytdi. Bu haqda 11 avgust, yakshanba kuni Germaniya hukumati rasmiy vakili o‘rinbosari Volfgang Byuhner jurnalistlarga ma’lum qildi.
Isroilning Hamasga qarshi urushdagi ko‘plab maqsadlariga erishildi, biroq «inson azoblari va tinch aholi qurbonlari juda katta», dedi Shols Isroil bosh vaziriga. Germaniya hukumati rahbari Yaqin Sharqdagi mintaqaviy mojaro ehtimolidan jiddiy xavotir bildirdi. Shu bilan birga, u Netanyahuga Berlin Isroilga Eron va Livanning «Hizbulloh» harakatidan kelayotgan tahdidlarni keskin qoralashini ochiq aytdi.
Suhbat chog‘ida Shols, shuningdek, G‘azo sektorida urushni tugatish mintaqadagi vaziyatni yumshatish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi. «Hozir zo‘ravonlikning buzg‘unchi spiralini to‘xtatish, keskinlikni pasaytirish va deeskalatsiya bo‘yicha konstruktiv ish olib borish har qachongidan ham muhim», - deya ifodaladi Byuxner Germaniya kansleri pozitsiyasini.
Eron Isroilga hujum bilan tahdid qilmoqda
Yaqin Sharqdagi mojaroning yana bir keskinlashuvi Eron yangi prezidenti Mas’ud Pizishkiyon inauguratsiyasiga kelgan Hamas guruhi siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehronda o‘ldirilishi ortidan yuz berdi.
Haniya 31 iyulga o‘tar kechasi o‘z qarorgohida sodir bo‘lgan portlash natijasida halok bo‘lgan – ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, binoga bomba «Mossad» tomonidan yollangan Eron xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Voqeadan so‘ng Eron xavfsizlik kuchlarida hibsga olishlar to‘lqini sodir bo‘ldi.
Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy Haniyaning o‘ldirilishiga javoban Isroilga qarshi zarba berishni buyurgan. Sky News Arabia, o‘z navbatida, bu 12 yoki 13 avgustda, Isroil eng mashhur motam sanalaridan biri - Av oyi to‘qqizinchi kuni yoki Tisha-beavni nishonlayotganda sodir bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. Bu kunda, yahudiylar an’analariga ko‘ra, Quddusning Birinchi va Ikkinchi ibodatxonalari vayron qilingan.
Mavzuga oid
15:01 / 20.12.2024
Olaf Shols NATO bo‘yicha ittifoqchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
09:55 / 20.12.2024
Shols va Tramp telefon orqali Ukrainadagi urushni muhokama qildi
22:59 / 19.12.2024
Tashqi qarz bosimi: koalitsiya tarqadi, Shols yutqazishi mumkin
21:27 / 16.12.2024