Sport | 18:41 / 16.08.2024
3161
1 daqiqa o‘qiladi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi

U 2019 yildan buyon Bosh prokuratura va Kurash federatsiyasiga rahbarlik qilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura

O‘zbekiston kurash federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sport vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev yangi besh yillik muddatga Kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yil oktyabr oyidan buyon ushbu lavozimni egallab kelmoqda. Shuningdek, shu yilning iyun oyidan beri O‘zbekiston bosh prokurori hisoblanadi. 2024 yil iyunida u ikkinchi muddatga bosh prokuror lavozimiga tasdiqlangan.

Mavzuga oid